Kanadada afsonaviy hind aktyorlaridan biri Qodir Xon 82 yoshida vafot etdi. NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, aktyor 31 dekabrda og‘ir kasallikdan davolanayotgan shifoxonada vafot etgan.
Qodir Xon Bollivudning 1970-1990-yillardagi eng mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan. 1937 yilda tug‘ilgan aktyor 300 dan ko‘proq filmda suratga tushgan, ssenariynavis va kinofilmlar uchun dialoglar muallifi sifatida ishlagan. Aktyor ayniqsa yovuz kishilar rollarini ijro etishi bilan tanilgan. Bundan tashqari, u komedik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etgan.
Xon oilasiga Bollivudning ko‘plab yulduzlari va hind siyosatchilari o‘z ta’ziyalarini bildirishgan.
Qodir Xon “Abdulla” (Abdullah, 1980), "Mening ovozimni eshiting" (Meri Awaaz Suno, 1981), “Samrat” (Samraat, 1982), “Qasos o‘ti” (Khoon Bhari Maang, 1988) va boshqa filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar yodida qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi