
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘ziga bo‘lgan zo‘rlash ayblovlariga nisbatan oilasining munosabati haqida gapirdi, deb xabar berdi Daryo nashri.
«Zo‘rlash ayblovlari — yoqimsiz holat, ular mening oilamga zarar keltirmoqda. Vijdonim toza, men xotirjamman. Yaqinda siz haqiqatni bilib olasiz », — dedi Ronaldu Record’ga bergan intervyusida.
Kuzda amerikalik model Ketrin Mayorga 2009 yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlaganini e’lon qilgandi. 2010 yilda Mayorga futbolchining advokatlari bilan kelishuv shartnomasini imzolagan va jim yurishi uchun 375 ming dollar olgan. 2018 yilda Mayorga hamma narsa haqida batafsil ma’lumot berdi. Sentyabr oyida militsiya ishni qaytadan ochdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar