date

Xitoyda 14 yoshli qotilga o‘lim jazosi talab qilinmoqda

Xitoyda 14 yoshli qotilga o‘lim jazosi talab qilinmoqda

Xitoyning Yunnan provinsiyasida shov-shuvga sabab bo‘lgan sud jarayoni yakunlandi. Mahalliy sud 14 yoshli o‘smirni qasddan qotillik va zo‘rlash jinoyatlarida aybdor deb topib, unga umrbod qamoq jazosi tayinladi. Endi esa jabrlanuvchi tomon qotilga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishini talab qilmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar tarqatdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, jinoyat 2025 yil yozida sodir etilgan. Ayblanuvchi bazmdan uyiga qaytayotgan 15 yoshli sinfdosh qizga tajovuz qilgan. Keyin esa jinoyat fosh bo‘lishidan qo‘rqib, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Sud ushbu voqeani o‘ta shafqatsiz jinoyat sifatida baholadi. Ma’lum qilinishicha, o‘smir o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Marhumaning oilasi esa sud chiqargan hukmni yetarlicha og‘ir emas deb hisoblamoqda. Qizning otasi mahalliy matbuotga bergan intervyusida qotilga o‘lim jazosi berilishini talab qildi.

Biroq huquqshunoslar fikricha, bu talab amalga oshishi deyarli mumkin emas. Chunki Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Xitoy Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilib, og‘ir jinoyatlar uchun javobgarlik yoshi pasaytirilgan. Hozirgi qonunlarga binoan, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlar qotillik, zo‘rlash va boshqa og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yunnandagi ushbu voqea Xitoy jamiyatida “bir hayot uchun bir hayot” degan qarash hanuz kuchli ekanini yana bir bor namoyon qildi. Inson huquqlari tashkilotlari esa mamlakatni o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 14 yoshli qotilga o‘lim jazosi talab qilinmoqda