
Amazon kompaniyasi asoschisi, dunyoning amaldagi eng boy odami Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi koʻp yillik turmushdan keyin ajrashishlarini eʼlon qilishdi.
“Biz odamlar hayotimiz qanday davom etayotganini bilishlarini istaymiz. Alohida yashashga urinishdan keyin biz ajrashishga va doʻst boʻlib qolishga qaror qildik”, deb aytilgan Jeff va Makkenzi Bezos bayonotida.
Juftlik 1993 yilda turmush qurgan. Ularning 3 oʻgʻli va xitoylik asrandi qizi bor. Ayni vaqtda Bezosning boyligi 139 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Juftlik ajrashgandan keyin bu boylik qanday taqsimlanishi hozircha nomaʼlum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar