Vouchercloud portali tadqiqotchilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ darajasi va maktablardagi o‘zlashtirish hisobga olindi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Yaponiya egalladi. Kunchiqar yurt uchala ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarga Shveysariya, Xitoy, AQSh va Niderlandiya joylashdi. Xitoy aholi zakovat darajasi yuqori bo‘lgani uchun (ikkinchi o‘rin) uchinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, AQShga to‘rtinchi o‘rinda joylashishga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi.
Vouchercloud Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ko‘rsatkichlari yuqoriligiga alohida e’tibor qaratdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli yoshlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylasha olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda