Buyuk Britaniyada firibgarlik, korrupsiya va pul yuvish bilan kurashish uchun maxsus guruh shakllantiriladi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri Deutsche Welle xabariga tayangan holda.
Guruhga moliya vaziri Filip Xammond va ichki ishlar vaziri Sajid Javid rahbarlik qiladi. Shuningdek, Santander, Lloyds va Barclays banklari vakillari pul yuvish bilan kurashishadi.
Maxsus guruh asosan Rossiya va sobiq SSSR respublikalari, Osiyo mamlakatlari hamda Nigeriyadan moliyaviy oqimlarni kuzatib boradi. Britaniya Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda har yili moliyaviy jinoyatlar umumiy miqdori 14,4 milliard funt sterling (16,4 milliard yevro)ni tashkil qiladi.
Javidning ma’lum qilishicha, «o‘z cho‘ntagini «kir» pullar bilan to‘ldirayotgan va qonun bo‘ysunadigan fuqarolar hisobidan dabdabali hayot kechiradigan korrupsiyalashgan firibgarlarga» barcha jabhalarda kurash olib boriladi.
Britaniya Ichki ishlar vazirligi yaqin ikki yil ichida shubhali tranzaksiyalarni aniqlash tizimini takomillashtirish uchun maxsus guruhga 3,5 million funt sterling (3,9 million yevro) ajratishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi