Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu AQSh prezidenti Donald Trampni Anqara Suriyadagi kurd kuchlariga qarshi hujum qilsa, AQSh unga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rishi haqidagi tviti uchun tanqid qildi. Chovusho‘g‘lu bu haqda NTV telekanali efirida aytib o‘tgan.
“Strategik sheriklik mavzulari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmaydi. Bizda AQSh bilan aloqa uchun rasmiy kanallar ochiq. Trampga Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqmaslik uchun katta bosim o‘tkazilayotganini va u murakkab vaziyatda qolganini ko‘rmoqdamiz. Biroq shunga qaramay bunday mavzularni ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish yaramaydi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Uning aytishicha, Turkiya tahdidlardan qo‘rqmaydi, AQSh va boshqa davlatlar Anqarani hurmat qilishi lozim.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Suriyaning Manbiji va Frotdan sharq tomonidan kurd kuchlarini olib chiqmasa, ularga qarshi operatsiya boshlashga tayyorligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi