12:10 / 29.01.2019
9 486

Qizni olib qochgan yigit videosi kulgiga sabab boʻldi

Qizni olib qochgan yigit videosi kulgiga sabab boʻldi
Shimoliy Osetiyada qayligʻini oʻgʻirlayotgan paytda u bilan ikki marta yiqilib tushgan yigit videolavhasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga va qizgʻin muhokamasiga sabab boʻldi.

Videolavhada yigit avvaliga qizni yuzini yopish uchun ustiga yopingʻich tashlaydi va mashinagacha koʻtarib borishga urinadi. Lekin avvaliga zinapoyada, keyin esa chiqish eshigida u bilan birga yiqilib tushadi.

Kadr ortida atrofdagi guvohlarning ovozi tushib qolgan, ulardan biri ushbu holatni videoga olmaslikni soʻragan.
Hozirda politsiya qizni olib qochish fakti boʻyicha tekshiruv oʻtkazishni boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qizni olib qochgan yigit videosi kulgiga sabab boʻldi