
Hindistonning Orissa shtatida jodugarlikda ayblangan bir ayol va uning to‘rt farzandi kaltaklab o‘ldirildi. VVS xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan olti kishi ushlangan.
Ismi Mangri Munda bo‘lgan ayol va bolalarining jasadlari bir qishloqdagi quduqda topilgan. Politsiya bu hodisada ko‘proq kishining qo‘li borligidan shubhalanmoqda.
Mundaning bolalari 1, 4, 7 va 12 yoshda bo‘lgan. Ayol va farzandlari avvaliga kaltaklangan, so‘ng bolta bilan chopilib, quduqqa tashlangan.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, Orissada 2017 yilda “jodugar ovi” bilan bog‘liq 99 ta, o‘tgan yili esa 83 ta holat qayd etilgan. Bunday holatlarda asosan bevalar nishonga olinishi, bundan maqsad esa ularning uyi va yeriga ega chiqish ekani aytiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar