Hindistonning Orissa shtatida jodugarlikda ayblangan bir ayol va uning to‘rt farzandi kaltaklab o‘ldirildi. VVS xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan olti kishi ushlangan.
Ismi Mangri Munda bo‘lgan ayol va bolalarining jasadlari bir qishloqdagi quduqda topilgan. Politsiya bu hodisada ko‘proq kishining qo‘li borligidan shubhalanmoqda.
Mundaning bolalari 1, 4, 7 va 12 yoshda bo‘lgan. Ayol va farzandlari avvaliga kaltaklangan, so‘ng bolta bilan chopilib, quduqqa tashlangan.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, Orissada 2017 yilda “jodugar ovi” bilan bog‘liq 99 ta, o‘tgan yili esa 83 ta holat qayd etilgan. Bunday holatlarda asosan bevalar nishonga olinishi, bundan maqsad esa ularning uyi va yeriga ega chiqish ekani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi