Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlaydi

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi realiti-shou boshlovchisiga aylanadi.
BNews.kz nashri ma’lumotiga ko‘ra, loyihani suratga olish ishlari joriy yilning may oyida boshlanadi. Ushbu shouda mehmonlar sifatida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar va olimpiya chempionlari jamoalari ishtirok etadi. Ular qozoq folklori an’analarini bilish bo‘yicha sport musobaqalari hamda tanlovlardan o‘tishlari kerak. Shou 118 mamlakatda translyatsiya qilinadi.
Nevada shtati Atletika komissiyasi qaroriga ko‘ra, Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng yuz bergan mushtlashuv tufayli to‘qqiz oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!BNews.kz nashri ma’lumotiga ko‘ra, loyihani suratga olish ishlari joriy yilning may oyida boshlanadi. Ushbu shouda mehmonlar sifatida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar va olimpiya chempionlari jamoalari ishtirok etadi. Ular qozoq folklori an’analarini bilish bo‘yicha sport musobaqalari hamda tanlovlardan o‘tishlari kerak. Shou 118 mamlakatda translyatsiya qilinadi.
Nevada shtati Atletika komissiyasi qaroriga ko‘ra, Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng yuz bergan mushtlashuv tufayli to‘qqiz oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…