date

Liviya parlamenti binosida portlash sodir bo‘ldi

Liviya parlamenti binosida portlash sodir bo‘ldi

Liviya sharqidagi Tobruk shaharchasida joylashgan “Dor as-Salom” mehmonxonasi yaqinida mina o‘rnatilgan avtomobil’ portlab ketdi. Bu vaqtda mehmonxona binosida Liviya parlamenti a’zolari majlis o‘tkazayotgan bo‘lgan. Bu haqida “Sky News Arabia” telekanaliga asoslanib, “TASS” nashri xabar tarqatgan.

Telekanalning ma’lum qilishicha, bu mehmonxona binosida Abdulla Abdurahmon at-Toniy tuzgan parlament shtab-kvartirasi joylashgan. Hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangani ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda bosh vazir Abdulla Abdurahmon at-Toniy hukumati va uning siyosatidan norozi bo‘lgan mamlakat g‘arbidagi islomiy kuchlar o‘rtasida siyosiy ziddiyatlar kuchayib bormoqda. OAV xabarlarida bu terakt o‘sha muxolifat kuchlari tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Liviya parlamenti binosida portlash sodir bo‘ldi