Karl Lagerfeldning merosi mushugiga qoldi

Karl Lagerfeldning merosi mushugiga qoldi
Foto: Daily Storm
Nemis modelyeri Karl Lagerfeld mol-mulkining bir qismini Shupett laqabli mushugiga xatlab ketgan, deb yozadi «Daryo».
Xabarda aytilishicha, mushuk modelyerni doim ruhlantirgan va uning ilhom manbai bo‘lgan. Shupett ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga hamda bankda hisob raqamiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Lagerfeldning o‘limidan so‘ng Chanel fransuz modalar uyining ijodiy direktori lavozimi Virjini Viarga o‘tgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar