Yo‘lovchining poyabzaliga kirib olgan ilon yarim dunyoni aylanib chiqdi

Britaniyalik sayyoh tasodifan poyabzalida Avstraliyadan Shotlandiyaga ilonni olib o‘tdi, deya xabar beradi «Daryo».
Shotlandiyalik Moyera Boksoll Edinburgga qaytgachgina chamadonini joylashtirayotganida poyabzalida sudraluvchini payqagan.
Sayyohning fikriga ko‘ra, u ilonni u bilan hazillashib solib qo‘yishgan o‘yinchoq deb o‘ylagan. Ilon hatto Boksollning sumkasida eski terisini ham tashlashga ulgurgan.
Keyinchalik ilon aslida zaharli emasligi ma’lum bo‘ldi. U Makkay shahridan Edinburgga deyarli 15 ming kilometr masofa bosib o‘tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing