Seulga ketayotgan samolyotda o‘zbekistonlik shifokor ayol yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi

11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan og‘irlashib, unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ildi.
Voqea haqida video ulashgan yo‘lovchining ma’lum qilishicha, ayolning qon bosimi keskin pasayib ketgan va u og‘ir shok holatiga tushgan. Vaziyat jiddiylashgach, samolyot ekipaji yo‘lovchilar orasida shifokor bor-yo‘qligini so‘rab, yordam izlagan. Hatto samolyotni favqulodda qo‘ndirish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Shu paytda yaqin o‘rindiqlardan birida O‘zbekiston fuqarosi, shifokor Komil Xasanov bo‘lgan. U Janubiy Koreyadagi Chungbuk universiteti shifoxonasida amaliyot o‘tash uchun yo‘lga chiqqan edi.
Shifokorning aynan shu reysda bo‘lgani ayolga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini bergan.
Ushbu hodisa parvoz vaqtida kutilmagan vaziyatlarda tibbiyot xodimlarining borligi naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.































Izohlar 0
…