Oqzayda Bekboʻlsinova hozir besh qizning onasi. Aytishiga qaraganda, uchinchi qizi tugʻilgach, eri zarda qilib uydan chiqib ketgan. Oʻshanda qish edi. Yoz kelishi bilan qaytgan. Toʻrtinchi qiz dunyoga kelgan. Yana qishda farzandlarini, oilasini tashlagan-u, uydan ketgan. Yozda tagʻin qaytib kelgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtib beshinchi qiz dunyoga kelgan. Bu gal u uydagi kvartira ijarasi uchun berkitib qoʻyilgan pullarni olgan-u, butunlay ketgan. Mana, oʻshandan beri ancha yil oʻtdi. Oqzayda besh qizini oʻzi yolgʻiz katta qilyapti.
— Erim oʻgʻil tugʻmasligimni aytib kun bermasdi, — deydi ayol. — Xudoning bergan kuni ichib kelib meni kaltaklardi. Bahona bitta. Oʻgʻil tugʻmaganim… Men erim tashlab ketgach, ishga chiqib ketishga majbur boʻldim. Lekin oradan hech qancha oʻtmay, uyimizda yongʻin sodir boʻldi. Ikki qizim jarohat olib kasalxonaga tushib qoldi. Yaxshiki, xudo xayrini bersin, qoʻshnilarim hamma bolalarimni qutqarib qolishibdi. Keyin yana qanchadir vaqt oʻtib ikki kichik qizimning ustiga oyna tushib ketdi. Xullas, qizlarimni qarovsiz qoldira olmadim. Ishdan boʻshadim. Albatta qiynaldik, vaqti kelganda, tilanchilik qilib ham pul topdik. Qizlarimning otasi esa oʻsha-oʻsha qaytmadi…
Qozogʻistonning “Yevraziya” telekanalidagi koʻrsatuvlardan biriga Oqzaydani qizlari bilan taklif etishgandi. Koʻrsatuv jonli kechgani sababli boshlovchi qizaloqlarning otasiga qoʻngʻiroq qilishga urinib koʻrdi. Erkak goʻshakni koʻtarmadi. Ukasi uyda ekan, oʻsha goʻshakni koʻtardi. Aytdiki, akasi uyga ham anchadan beri qadam bosmabdi. Yaqinda otasi olamdan oʻtgan ekan. Taʼziyasiga ham kelmabdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi