
UFCʻning sobiq chempioni, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor UFC 223 musobaqasi oldidan yakkakurash jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishi ishi boʻyicha Bruklin sudi chiqargan jazo hukmiga binoan Bruklindagi ikki cherkovda jamoat ishlarini bajarishga jalb qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.
Sportchi cherkovlarda 5 kun mehnat qilgan. Taniqli sportchining ish sharoiti muxlislari va matbuot tomonidan ortiqcha eʼtibor jalb qilmaydigan qilib tashkillashtirilgan.
Jamoat ishlaridan tashqari, ruhoniy Makgregor bilan suhbat oʻtkazgan.
Irlandiyalik jangchi jamoasining 20 aʼzosi bilan 2018 yil aprelda UFC223 ishtirokchilari avtobusiga hujum qilgan. Sud bu ish boʻyicha unga jamoat ishlarida 5 kun mehnat qilish hukmini chiqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar