
Yaqinda Kiyevdagi mustaqillik maydoniga millatchilardan iborat “Milliy korpus” tashkiloti vakillari yigʻilib, ommaviy miting uyushtirdi. Mitingda oʻn ming kishidan koʻproq odam ishtirok etdi. Shu jarayonda millatchilar Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va hukumatning boshqa aʼzolarini choʻchqacha shaklidagi oʻyinchoqlar irgʻitish, rogatkalardan oʻq uzish bilan qarshi oldi. Ularga qarata yuzlab oʻyinchoqlar va toshlar yogʻdirildi.
Keyin miting ishtirokchilari mustaqillik maydonidan chiqib prezident mahkamasi joylashgan yerga yoʻl oldi. Ammo uyogʻiga politsiyachilar millatchilarning yoʻlini toʻsishga muvaffaq boʻldi.
Bu aksiya ishtirokchilarining maqsadi hukumat aʼzolari hamda shaxsan Petr Poroshenkoni korrupsiyada ayblash, davlat mablagʻini talon-taroj qilinishiga qarshi harakatlardan iborat boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar