FQB sobiq rahbariga AQSH prezidentiga tahdid qilganlikda ayb qoʻyildi

Shimoliy Karolina sharqiy okrugidagi katta hakamlar hay'ati FQB sobiq direktori Jeyms Komiga AQSh prezidenti Donald Trampga tahdid qilganlikda ayblov qo'ydi. Ayblov, Komining 2025 yil may oyida ijtimoiy tarmoqda joylagan surati bilan bog'liq bo'lib, unda "8647" raqami chiqanoq orqali tasvirlangan. Jeyms Komi o'z aybini rad etib, sud tizimining halol qaror chiqarishiga ishonayotganini bildirdi.
Shimoliy Karolina sharqiy okrugidagi katta hakamlar hayʼati FQB sobiq direktori Jeyms Komiga nisbatan ayblovni tasdiqladi.
CNN maʼlumotiga koʻra, unga AQSH prezidentiga tahdid qilganlik boʻyicha ayb qoʻyilgan. Ayblovga sabab boʻlgan holat Komining 2025 yil may oyida ijtimoiy tarmoqda joylagan surati bilan bogʻliq.
Suratda chigʻonoqlar orqali “8647” raqami tasvirlangan boʻlib, tergov uni yashirin maʼnodagi chaqiriq deb baholamoqda.
Talqinlarga koʻra, “86” — “yoʻq qilish”, “47” esa AQShning 47 prezidenti Donald Trampni anglatishi mumkin.
Jeyms Komi oʻz aybini rad etib, federal sud tizimi xolis qaror chiqarishiga ishonayotganini bildirdi.
Mutaxassislar fikricha, ayblov tomoni ushbu tasvir qasddan suiqasdga chaqiriq sifatida joylanganini isbotlashi oson boʻlmaydi.






























Izohlar 0
…