Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi (PSUV) vitse-prezidenti Diosdado Kabeloning tasdiqlashicha, Karakasga ichida harbiylar boʻlgan Rossiya samolyotlari haqiqatdan ham kelib qoʻngan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Kabeloning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiylar boʻyicha tashabbus Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan. U harbiylarning tashrifidan koʻzlangan maqsadga aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin, Venesuelaga Rossiyadan bortida yuzga yaqin harbiy boʻlgan ikki samolyot kelib qoʻngani haqida xabarlar tarqalgandi.
El Comercio nashri xabariga koʻra, 23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk boʻlgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan.
Nashrning taʼkidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Guaydo venesuelaliklarni tayyor turishga chaqirgandi.
“Ozodlik” amaliyotini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda uzurpatsiyani yakuniy tugatish uchun rasmiylarga maksimal bosim oʻtkazish vaqti keldi. Kurashimizning bu bosqichida har bir narsaning oʻz oʻrni bor», - deya maʼlum qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi