
29 mart kuni “Tolibon” harakati jangarilari Afgʻoniston shimoli-sharqiy qismidagi okrugni egallab olishdi. Bu haqda Ariana News telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan Badaxshon viloyatidagi Arganj-Xva okrugi egallab olingan.
Taʼkidlanishicha, 20 soat davom etgan toʻqnashuvlar oqibatida afgʻon xavfsizlik kuchlarining 14 nafar xodimi halok boʻlgan.
Toliblar afgʻon xavfsizlik kuchlari qurollarining bir qismini egallab olishdi, bu ularning majburiy tarzda chekinishidan keyin roʻy berdi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, OAV AQSH va toliblar Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlari olib chiqib ketilishiga kelishib olishgani haqida xabar bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar