
Liviyaning milliy kelishuv hukumati Liviya milliy armiyasining Tripolining eski aeroportidagi an-Naqilya bazasiga aviazarbalar berdi. Bu haqda harbiy manba xabar bergan deb yozadi Kun.uz nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, bu Liviya milliy armiyasining Tripoli tomon bostirib borayotgani bilan bog‘langan.
O‘z navbatida, marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi milliy armiya poytaxt Tripoli osmonida javob havo operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad qurollangan guruhlar pozitsiyalari va ularning Tripolidagi texnikasi to‘plangan yerlarga zarba berishdan iborat. Mahalliy manbalarning tasdiqlashicha, Haftar tomonidan nazorat qilinayotgan Vodiy ar-Robiy aholi punktiga harbiy samolyotlar kelmoqda.
4 aprelda Haftar Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun u yerga hujum boshlashga buyruq bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy armiya Tripolining janubi-g‘arbidagi bir nechta hududlarni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar