
Parij ramzlaridan biri bo‘lgan Muqaddas ona ibodatxonasi – Notr-Dam-de-Parida (Parij Bibi Maryam sobori) kuchli yong‘in chiqdi.
Hodisaning tvitterda joylangan ko‘plab videolarida ibodatxonadan chiqayotgan quyuq qora tutun va olovni ko‘rish mumkin.
Notre dame de #Paris, panache du fumée jaune, le feu semble dévorer l’église toute entière pic.twitter.com/4zRcAr86Ng
— Chrystèle Bazin (@chrystelebazin) April 15, 2019
Voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish va favqulodda xizmatlar mashinalari yetib kelgan. Sobor ichidagi odamlarning barchasi evakuatsiya qilingan.

Yong‘in oqibatida soborning XIX asrda qurilgan shpili (uchi) va tom qismi, shuningdek soatlar o‘rnatilgan qismi qulab tushgan.
Sobor matbuot xizmati boshlig‘i Andre Fino XII asrda qurilgan Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasi butunlay yonib vayron bo‘lganini tasdiqlagan.

Yong‘in qurilish ishlari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda cherkovning bir qismi havozalar bilan o‘ralgan bo‘lib, u yerda restavratsiya ishlari ketayotgandi. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Effondrement de la flèche de #NotreDame. Pas de mots. Quelle tristesse. Terrible. pic.twitter.com/xw9zh5SwED
— Thomas Portes ✊ (@Portes_Thomas) April 15, 2019
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘z rafiqasi bilan hududga tashrif buyurgan. U «sariq jiletlar» harakati munosabati bilan dushanba kuni kechqurunga mo‘ljallangan millatga murojaatnomasini qoldirgan.
Parij Bibi Maryam sobori XII-XIV asrlarda barpo etilgandi. Bu Yevropadagi eng mashhur turistik obidalardan biri hisoblanardi. Sobor har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!C'est terrible. Des gens pleurent autour de moi. pic.twitter.com/QnUpJzjk1N
— Barnabé (@barnabelouche) April 15, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar