15:23 / 28.04.2019
3 000

Fransiyalik 72 yoshli sayyoh Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi

Fransiyalik 72 yoshli sayyoh Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi
Fransiyalik sayyoh Jan-Jak Saven Atlantika okeanini bochkada suzib kesib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz Frans Press agentligiga tayanib.

Avvalroq 72 yoshli erkak Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El Yerro orolidan suzishni boshlagani xabar qilingandi. Sayyoh uch oydan so‘ng – 2019 yil martida Karib orollariga yetib borishni mo‘ljallagandi. U uzunligi uch, diametri ikki metr va og‘irligi 450 kilogramm bo‘lgan bochkada sayohatga otlangan.

"Oradan 122 kun va to‘qqiz soat o‘tgach, men meridianni kesib o‘tdim, bu Karib dengizida ekanligimni bildiradi. Okeanni kesib o‘tish nihoyasiga yetdi. Barchaga tashakkur", - deya iqtibos keltiradi agentlik Jan-Jak Savendan.

Foto: AFP 2019 /Georges Gobet
U bochkani tark etish uchun port topmoqchi ekanligini, ayni paytda "Florida yo‘nalishida suzayotganini" ma’lum qilgan.
Sayyoh kelgusida La-Mansh bo‘g‘ozidan suzib o‘tmoqchiligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik 72 yoshli sayyoh Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi