10:50 / 01.05.2019
2 708

Facebook’da «o‘lik» foydalanuvchilar soni «tirik»laridan qachon oshib ketishi ma’lum bo‘ldi

Facebook’da «o‘lik» foydalanuvchilar soni «tirik»laridan qachon oshib ketishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Reuters
Oksford olimlarining fikricha, 50 yildan so‘ng Facebook foydalanuvchilarining «tirik» profillaridan ko‘ra, «o‘lik» profillari soni umumiy foydalanuvchilar soniga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Daryo» xabar qiladi.

Olimlar 2018 yildagi ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga tayanib, 2100 yilga qadar Facebook foydalanuvchilaridan kamida 1,4 milliard odam o‘z yoshini yashab, hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shunday qilib, «o‘lik» foydalanuvchilarning soni 2070 yilga kelib «tirik» foydalanuvchilar sonidan oshib ketishi mumkin. Qayd etilganidek, XXI asr oxiriga kelib, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida profiliga ega bo‘lgan foydalanuvchilarning yillar davomida vafot etishi hisobiga «o‘lik» profillar soni 4,9 milliardni tashkil etishi mumkin.

Ushbu holat insonlar oldida qiyin masalalarni tug‘dirmoqda. Misol uchun, vafot etgan foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar bilan tadqiqotchilar qanday shug‘ullanish mumkin va bunday foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlaridan kimlar foydalanish huquqiga ega ekanligi kabi savollar yuzaga kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook’da «o‘lik» foydalanuvchilar soni «tirik»laridan qachon oshib ketishi ma’lum bo‘ldi