
Foto: Daily Mail
Sasseks gersoginyasi Megan Markl va shahzoda Garri yangi tug‘ilgan farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Daryo.
Yosh ota-ona o‘g‘lini qo‘lida tutib, Vindzor qasrida jurnalistlar oldiga chiqdi. Megan Markl uzoq davom etgan tanaffusdan keyin birinchi marta kameralar qashisida ko‘rinish berdi.

Foto: Daily Mail
Qirollik oilasining yangi a’zosi 6 may, dushanba kuni Londondagi Portlend kasalxonasida dunyoga kelgandi.

Foto: Daily Mail
Bola Britaniya taxtiga navbatda yettinchi o‘rinni egallaydi, undan oldinda bobosi — shahzoda Charlz, amakisi — shahzoda Uilyam, uning farzandlari — shahzoda Jorj, malika Sharlotta, shahzoda Lui hamda otasi — shahzoda Garri bor.

Foto: Daily Mail
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar