Iroq poytaxti Bag‘dodning “yashil hududi”da “Katyusha” reaktiv snaryadi portladi. Bu haqda RT telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, snaryad tushgan ushbu hududda asosiy vazirliklar va elchixonalar, jumladan AQSh elchixonasi joylashgan.
Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni vaqtda iroqlik harbiylar boshqa tafsilotlarni keltirishmagan.
Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh elchixonasi o‘qqa tutilgan.
“Yashil hudud” 2003 yilda Saddam Husayn tuzumi ag‘darilgandan keyin 10 kvadrat kilometrlik hududda paydo bo‘lgan. Avval Husayn saroylari, davlat idoralari, amaldorlarning uylari va villalari joylashgan, baland to‘siq bilan o‘ralgan ushbu hududda Iroqning yangi hokimiyati idoralari, jumladan parlament qo‘nim topgan. U yerga faqat maxsus biometrik ruxsatnomalar bilan sinchkov tekshiruvdan keyin kirish mumkin. Hududga tushishning qiyinligi sababli jangarilar uni minomyotdan va raketalar bilan o‘qqa tutish amaliyotini qo‘llashadi.
“Katyusha” Ikkinchi jahon urushi vaqtida sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli raketa qurilmasi bo‘lib, ushbu arzon va samarali tizimlarni oddiy yuk mashinalarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan. Ushbu qurol urushdan keyin takomillashtirilib, ko‘plab davlatlarga, jumladan Iroqqa yetkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi