date
views 3 598

Ramzon Qodirovning o‘g‘li “Ertug‘rul” serialida suratga tushdi (video)

Ramzon Qodirovning o‘g‘li “Ertug‘rul” serialida suratga tushdi (video)
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning uchinchi o‘g‘li, 11 yoshli Adam “Ertug‘rul” turk serialida suratga tushdi. Serialning Qodirov o‘g‘li suratga tushgan seriyasidan parcha uning amakisi, Checheniston tumanlaridan biri rahbari Turpal-Ali Ibragimovning Instagram’dagi akkauntida joylashtirilgan.

“Adam barcha tomonlama rivojlanmoqda, maktabda a’lo baholarga o‘qiydi, turli mukofotlarni qo‘lga kiritgan holda sport bilan shug‘ullanadi. Filmning suratga olinishida u barcha qobiliyatlarini yaxshi tomondan namoyish qildi”, deb yozgan Ibragimov va jiyaniga “Qodirovlar sulolasining munosib davomchisi” bo‘lib ulg‘ayishni tilab qolgan.

Ta’kidlanishicha, avvalroq Ramzon Qodirov oilasi bilan birga ushbu serialni tomosha qilishini tan olgan. Checheniston rahbari Turkiyaga safari vaqtida serialning suratga olish maydonchasiga tashrif buyurib, bosh rollar ijrochilari Jengiz Jo‘shkun va Nurettin So‘nmezni hamda rejissyor Mehmet Bo‘zdag‘ni Grozniyga taklif qilgan. Film ijodkorlari bu taklifni qabul qilib, Chechenistonga tashrif buyurishgan va Qodirov hamda yana ming otliq bilan birga milliy kiyimlarda ot sayrida ishtirok etishgan.
View this post on Instagram

Ассаламу 1алайкум! Мой дорогой ПЛЕМЯННИК Адам Кадыров принял участие в съёмках популярного сериала «Воскресший Эртугрул». Внук Первого Президента ЧР, Героя России АХМАТ-ХАДЖИ КАДЫРОВА (ДАЛА Г1АЗОТ КЪОБАЛ ДОЙЛА ЦУЬНА) Адам развивается во всех направлениях, отлично учится в школе, активно занимается спортом завоёвывая различные награды. В съёмках фильма показал все свои способности с лучшей стороны. Я от всей души желаю дорогому Адаму вырасти достойным продолжателем рода Кадыровых, верно следовать по пути его дедушки АХМАТ-ХАДЖИ КАДЫРОВА (ДАЛА Г1АЗОТ КЪОБАЛ ДОЙЛА ЦУЬНА). ДАЛА 1АЛАШ ВОЙЛА ХЬО, АДАМ!

A post shared by bistriy_95 (@za_kra_bistriy_95) on

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirovning o‘g‘li “Ertug‘rul” serialida suratga tushdi (video)