
Xitoy hukumati Huawei kompaniyasi shikoyatidan so‘ng AQShning FedEx yetkazib berish xizmatiga nisbatan tekshiruv boshladi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Qayd etilishicha, tekshiruvga o‘ziga mo‘ljallangan jo‘natmalar bir necha marta boshqa manzillarga yetkazilgani to‘g‘risida Huawei kompaniyasining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Shikoyatlarda aytilishicha, Yaponiyadan yuborilgan jo‘natma AQShga, Vetnamdan jo‘natilgani esa Osiyo mamlakatlaridan biriga yetkazilgan.
Huawei vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jo‘natmalarda hujjatlar bo‘lgan.
Avvalroq Xitoyning Global Times nashri muharriri Xu Sitszin Xitoy hukumati AQShning Huawei kompaniyasiga nisbatan cheklovlariga javob choralari tayyorlayotganini aytgandi. Keyinroq Xitoy Amerika kompaniyalarining qora ro‘yxatini tayyorlayotgani ma’lum qilindi.
Xitoy HukumatiHuawei KompaniyasiFedEx XizmatlariTekshiruv BoshladiYaponiyadan Jo‘natmaGlobal Times O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar