Foto: Forum Daily
5-iyun kuni AQSh Davlat departamenti asosiy murojaatchi o‘z fuqarosi bo‘lgan mamlakat haqidagi pasport ma’lumotlarini taqdim etishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Bunday ma’lumot pasport raqami, uni bergan davlat va pasportning amal qilish muddati o‘z ichiga oladi.
Davlat departamentining ta’kidlashicha, yangi talab har yili Diversity Visa dasturida qatnashish uchun topshiriladigan ko‘p miqdordagi firibgarlik yo‘li bilan to‘ldirilgan arizalar bilan bog‘liq. Xabarda aytilishicha, ba’zida jinoiy korxonalar o‘zining xabari bo‘lmagan shaxslar nomiga ariza topshiradi.
“Tasdiqlanmagan yozuvlarni topshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar ko‘p hollarda shaxsiy ma’lumotlari DV dasturining tanlangan ma’lumotlarida foydalanilgan shaxslar bilan bog‘lanadi. Ularga vizaga topshirish imkoniyati borligini aytib, to‘lov evaziga chet elga chiqish haqida ma’lumotni saqlaydi”, — deydi Davlat departamenti.
Shuningdek, Departament pasport ma’lumotlarini so‘rash uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan soxta yozuvlar sonini kamaytirishini qayd etdi.
Bundan tashqari, Departament ishtirokchi sifatida tanlangan shaxslar barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmasa va ko‘rsatmalarga rioya qilmasa, diskvalifikatsiya qilinishi haqida aytib o‘tdi.
Amaldagi yo‘riqnomada barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik diskvalifikatsiya qilinishiga olib kelishi ko‘rsatilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”