23:05 / 09.06.2019
3 371

Moldova parlamenti mamlakatni «bosib olingan davlat» deb e’lon qildi

Moldova parlamenti mamlakatni «bosib olingan davlat» deb e’lon qildi
Foto: «Liga Novosti»
Moldova parlamentidagi ko‘pchilik «Bosib olingan davlat to‘g‘risida»gi deklaratsiyani qabul qilish uchun ovoz berdi. «Liga Novosti»ning yozishicha, bu qarorni 61 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.

Deklaratsiyada aralash saylov tizimini bekor qilish va Konstitutsiyaviy sudga ishonchsizlik votumi bildirish aytilgan. Unda, shuningdek, Axborot va xavfsizlik xizmati rahbari va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy markaz rahbarini iste’foga chiqarish ham talab qilingan.

ACUM saylov bloki vakili Andrey Nestase Moldova Konstitutsiyaviy sudi qonunga zid qarorlar qabul qilayotgani yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat etishni ham taklif qilgan.

Parlamentning boshqa qarori bilan Harakat va birdamlik (PAS) partiyasi rahbari Mayya Sandu bosh vazir etib saylangan. Deputatlar, shuningdek, hukumatning boshqa a’zolarini ham tayinlagan.

Nestase bosh vazir o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri bo‘lgan. Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri etib Nik Popesku saylangan. Shundan so‘ng Nestase Moldova Demokratik partiyasi rahbari, oligarx Vladimir Plaxotnyukni hokimiyatni tinch topshirishga chaqirgan.

Plaxotnyukning o‘zi esa ACUM va Sotsialistlar partiyasi Moldovani «chuqur siyosiy inqiroz»ga duchor qilayotgani va bunda prezident Dodon ham ishtirok etayotganini ta’kidlagan. «Fikrimcha, biz, Moldova fuqarolarida endi qonuniy prezidentning o‘zi yo‘q», — deb aytgan Plaxotnyuk.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova parlamenti mamlakatni «bosib olingan davlat» deb e’lon qildi