22:44 / 24.06.2019
2 658

Tojikistonda “xorijiy sovg‘alar” uchun narxlar limiti belgilanadi

Tojikistonda “xorijiy sovg‘alar” uchun narxlar limiti belgilanadi
Tojikiston amaldorlarining xorijga borib kelganlaridan keyingi sovg‘alar qiymati bir yilda 5500 somoni ($580) dan oshib ketmasligi kerak. Bozor qiymati ana shu raqamdan oshib ketadigan sovg‘alarni amaldorlar davlatga topshirishlari kerak bo‘ladi.

Tojikiston prezidenti xuzuridagi Davloat xizmatlari Agentligi tomonidan tayyorlangan farmoyish loyihasining nusxasi Radio Ozodi ixtiyorida bo‘lib, unda ta’kidlanishicha, amaldorlar o‘z rahbarlarini “xizmat vazifasi bilan bog‘liq xorijiy komandirovkalar va boshqa rasmiy tadbirlarda olgan barcha sovg‘aari” haqida xabardor qilishlari lozim.

Barcha davlat xizmatchilari xorijga komandirovkaga borib kelganlaridan keyin o‘z muassasalari buxgalteriyasiga moliyaviy hisobot berishlari kerak, unda olingan sovg‘alar narxi ko‘rsatilishi shart. Amaldorning tovar cheki bo‘lmagan taqdirda, mutaxassislar uning bozor narxini hisoblab chiqadilar, deyiladi loyihada. «Ortiqcha» sovg‘alar davlat xodimi ishlaydigan muassasa balansiga o‘tkaziladi.

Hujjatda davlat xodimi tomonidan xorijga safar qilgan vaqtida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a yoki boshqa mukoflotlarni olishlari taqiqlanadi.

Tojikiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Gurez Qosimzodaning aytishicha, loyiha respublika vazirlik va idoralarida muhokama qilinmoqda. Davlat xizmatchilarining, jumladan xorijga qilgan komandirovkasi vaqtida, sovg‘alar olish tartibi parlament tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risdagi qonunning yangi tahriri qabul qilinganidan so‘ng belgilanadi. Yangi tahrir bo‘yicha ishlar hozircha yakunlanmagan.

Qosimzodaning so‘zlariga qaraganda, olgan sovg‘alari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan amaldorlarni qanday jazo kutayotgani hozircha aniq emas. Shu bilan birga yangi loyiha amaldorlarga yaqinlari, tanishlari, do‘stlaridan qimmatbaxo sovg‘alar olishni taqiqlamaydi. O‘z nomini oshkor qilishni istamagan amaldorlardan birining aytishicha, mamlakat ichkarisida davlat xizmatchilari o‘z qarindoshlari va do‘stlaridan sovg‘a sifatida mashina, ot, uy, yer uchastkalar, qimmatbaxo soatlar va pul olib turishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda “xorijiy sovg‘alar” uchun narxlar limiti belgilanadi