
Foto: Pixabay
Amerikaliklar 2022 yilda Mars va Yupiter o‘rasida joylashgan Psixeya kosmik ob’ektiga o‘z missiyasini yuboradi. Mazkur ob’ekt «oltin asteroid» nomini olgan, deb xabar beradi Daryo nashri.
Asteroid orbitasiga qadar parvoz 2026—2027 yillar oralig‘ida davom etib, uning ustida 20 oydan ortiq vaqt qolinadi. Olimlar osmon jismini maxsus qurilmalar yordamida tadqiq qilish niyatida: ultraspektral tomograf, gamma-nurli va neytronli spektrometr va magnitometr.
Psixeya Oy massasining bir foizini tashkil etadi. Uning tarkibida platina, temir, nikel va oltin mavjud. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, asteroidning umumiy qiymati 700 kvintillion dollarga teng. Bu yer yuzidagi barcha odamlarni milliarder qilishga yetadi.
NASA asteroidga ekspeditsiyani ilm-fan jihatidan, Quyosh tizimini o‘rganish uchun jo‘natmoqda. Biroq bir qator kompaniyalar asteroidlardan qimmatli metallarni olib kelish — istiqbolli sanoat ekanligini ta’kidlamoqda.
Allied Maket Research tahlilchilarining hisob kitoblariga ko‘ra, 2025 yilga borib asteroidlardan qimmatli metallarni qazib olish byudjeti davlat va xususiy investitsiyalar hisobiga 3,8 milliard dollarga yetadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar