2 550
Ukraina politsiyasi Zelenskiyni yuk mashinasi bosib ketishi aks etgan video muallifini aniqladi (video)
Foto: «RIA Novosti»
Ukraina politsiyasi tomonidan videoni tarqatish hamda davlat arbobiga nisbatan tahdid yoki zo‘ravonlik faktiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Daryo nashri xabar qiladi.
Ukraina politsiyasi Vladimir Zelenskiy mamlakat prezidentligiga nomzod bo‘lgan vaqtida internetda tarqalgan, uni yuk mashinasini urib yuborishi tasvirlangan video muallifini aniqladi. Milliy politsiya Bosh boshqarmasining o‘ta muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi video muallifi haqida barcha ma’lumot va ayblovlarni to‘plaganligi to‘g‘risida Zelenskiy jamoasining Telegram-kanalida xabar qilingan.
«Muallifning taqdiri achinarli bo‘ladi — besh yilgacha qamoq jazosi yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin»,— deya Zelenskiy jamoasi bayonot beradi.
Aprel oyida, Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidan oldin, Zelenskiy jamoasi o‘z nomzodining yuk mashinasi bilan urib ketilgani tasvirlangan videoni topdi. Ushbu videoning tarqatib yuborilishini o‘sha paytda amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoning bosh shtabiga bog‘lashdi. Chunki SMS orqali obuna bo‘lish mumkin bo‘lgan «Ukrainaning Yevropali Kelajagi» kanalida ushbu video nashr qilingan. Xabarlar euua.org saytida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng kelgan, unga Poroshenko tarafdorlari o‘z odamlarini taklif qilgan.
Montaj uchun kadrlar Zelenskiyning saylovoldi videosidan olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi