2 780
Erdo‘g‘an Suriya sharqida yangi aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi
Turkiya qurolli kuchlari Suriya tomonidan chegarabo‘yi aholi punktlarining o‘qqa tutilishiga javoban Suriyada yangi aksilterrorchilik operatsiyasini boshlaydi. Anadolu Ajans nashrining xabar berishicha, bu haqda 4 avgustda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bursada e’lon qilgan.
“Bizning yangi maqsad – Frot daryosining sharqiy qismidir. Biz Suriyada yangi operatsiyaga tayyorligimiz haqida Rossiya va AQShni xabardor qildik”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Biroq Erdo‘g‘an operatsiyaning boshlanishi muddatlari haqida ma’lum qilmagan.
Frot daryosining sharqiy qismi ayni vaqtda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd mudofaa otryadlari tomonidan nazorat qilinadi.
26 iyulda Erdo‘g‘an Anadolu Ajans’ga Anqara Frotdan sharqda terrorchilikka chek qo‘ymoqchiligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi