
Foto: Getty Images
AQSh va Turkiya Suriya shimolida, Firot daryosining bo‘yidagi hududda xavfsizlik zonasini yaratdi, deb xabar qildi «Daryo».
AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagusning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun davlatlar Turkiyada muvofiqlashtirish markazini tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki qadamlar tashlab bo‘lingan, faqatgina ayrim detallarni qayta ishlab chiqish qolgan, xalos.
«Suriyada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida hamkorlarimiz bilan ushbu muhim masala ustida ish olib borishni davom ettiramiz», — deydi Ortagus. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar