5 255
Ramzan Qodirov Chechenistonni Rossiya tarkibiga kiritish uchun otasi qanday shart qo‘yganini aytdi
Foto: «Kommersant»
Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov ommaviy referendum o‘tkazmasdan respublikani Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortdi. «TASS»ning xabar berishicha, bu haqda Ramzan Qodirov On TV YouTube kanaliga bergan intervyuda ma’lum qilgan.
«Yo‘q, men o‘z xalqimdan so‘rashim kerak. Referendum o‘tkazganda xalqim shu qog‘ozga ovoz bersa, ‘ha, biz Rossiya hududining bir qismimiz’, desa, ana o‘shanda men uni imzolayman», — degan Ahmad Hoji Qodirov. U Vladimir Putin bilan uchrashuvda respublikani Rossiya tarkibiga qo‘shish haqidagi shartnomani imzolashi haqidagi savoliga shunday javob bergan.
Chechenistonning Rossiya tarkibida rivojlanishini mustahkamlagan konstitutsiya 2003 yil 23 mart kuni o‘tkazilgandi. Saylovda 510 mingdan ortiq odam ishtirok etgan bo‘lib, bu o‘sha paytdagi saylovchilar umumiy sonining 95,97 foizini tashkil etgan. Ovoz beruvchilarning 95,48 foizi Respublikaning yangi asosiy qonunini qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi