O‘tgan shanba, 31 avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mojaro kelib chiqdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabar berishicha, Botken viloyatining Tosh-Tumshuq qishlog‘idagi bahsli hududda bir guruh tojiklar asfalt yotqizishni boshlagan. Chegarachilar ogohlantirgandan so‘ng ham ish to‘xtatilmagan.
Natijada tojiklar va qirg‘izlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi, qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Internetda mojaroning oqibatlari aks ettirilgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi «Sputnik-Tojikiston». Videoda ikki mamlakatning aholisi bir-biri bilan bahslashayotgani, mojaro hududini tark etayotgan qurilish texnikalarini ko‘rish mumkin.
Videodagi erkaklar qizg‘in bahsga kirishishgan bo‘lib, mahalliy aholining baland ovozlari eshitilgan. Videoda vaziyatni hal qilish uchun kelgan chegarachilar, politsiyachilar va hokimiyat vakili ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida qurolli nizo sodir bo‘lgandi. Tojikistonning Vorux va Qirg‘izistonning Aksay qishloqlari aholisi ishtirokida yuz bergan nizoda Tojikiston tomondan 16 kishi, Qirg‘iziston tomondan 5 kishi jabrlangani ma’lum qilingan.
O‘z navbatida, Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi nizoni prezidentlar uchrashuvi arafasidagi ig‘vo deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?