date
views 5 184

Eron hukumati 9 yoshli qizning niqohini bekor qilishni talab qildi

Eron hukumati 9 yoshli qizning niqohini bekor qilishni talab qildi
Foto : @BabakTaghvaee
Eron hukumati Boyir-Ahmad viloyatidagi Baxmay okrugi shariat sudidan 28 yoshli erkak va 9 yoshli qizchaning nikohini bekor qilishini talab qildi. Bu haqda jurnalist Babak Tagvey o‘z tvitter-akkauntida xabar qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror nikoh to‘yidan lavhalar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingandan keyin jamoatchilik bosimi ostida qabul qilingan. Bundan tashqari, mahalliy nashrlar erkak 28 da emas, 22 yoshda ekanligini yozishmoqda. Biroq jurnalistlar qizcha 9 yoshda ekanligini tasdiqlashgan.

Tagvey, shuningdek, erkakning shaxsini ochiqlagan. Erkakning ismi Milad Chashaniy bo‘lib, u Islom inqilobi soqchilari korpusiga kiruvchi Basij qo‘shinlari jangchisi hisoblanadi. Chashaniy uylanishga okrug shariat sudida ruxsat olgan.

Avvalroq eronlik ayol jurnalist Masix Alinajod tvitterda qizning to‘yini e’lon qilib, bu holat uni yig‘lashga majbur qilganini aytgan. Jurnalist qizcha 13 yoshdan kichikligini aytgan. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari jamoatchilik tashkilotlarini ushbu voqeaga e’tibor qaratishga chaqirishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron hukumati 9 yoshli qizning niqohini bekor qilishni talab qildi