date
views 3 577

Daniyadan Bolgariyagacha: Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnatga qancha to‘lashadi?

Daniyadan Bolgariyagacha: Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnatga qancha to‘lashadi?
Foto: «RUS Delfi»
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnati eng qadrlanadigan insonlar — daniyaliklar va lyuksemburgliklar, deb yozmoqda "Xabar" nashri «Regnum»ga asoslanib.

Avstriyaning «Die Presse» gazetasi Germaniya federal statistika boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, 2019 yilning birinchi choragida Daniyada mehnatning bir soati uchun o‘rtacha haq 44,7 yevroni tashkil etgan, Lyuksemburgda esa — €40,3.

Keyingi o‘rinlarda Belgiya va Shvetsiya — €40 va €39,3 dan. Fransiyada bir soat mehnat uchun — €36,5, Germaniyada — €35, Avstriyada — €34,9 to‘lashadi.

Buyuk Britaniyada ish soati qadri Yevropa ittifoqidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past — €26,3 (YeIda — o‘rtacha €26,6). Sloveniya (€18,3) va Gretsiya (€16,1) ro‘yxatning o‘rtasida.

Soatiga 10 yevrodan kam to‘lanishi faqat sobiq sotsialistik lager mamlakatlarida kuzatilmoqda: Polsha va Vengriyada — €9,9 dan, Latviyada — €9,7, Litvada — €9,2, Ruminiyada — €6,5, Bolgariyada — €5,3. Ro‘yxatning oxirida ham shu mamlakatlar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniyadan Bolgariyagacha: Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mehnatga qancha to‘lashadi?