4 596
Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishma oqibatida uch nafar tojik harbiysi halok bo‘ldi
Foto: elgezit.kg
16 sentyabr kuni kechqurun Qirg‘iziston - Tojikiston davlat chegarasida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida uch nafar tojik harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.
Ular:
chegarachi komendant, podpolkovnik Ubaydulloyev Rustam Amonuloyevich, 1984 yilda tug‘ilgan, Hisorda yashagan;
oddiy askar Islomov Ramazon Ahmadovich, 1998 yilda tug‘ilgan, Vaxshda yashagan;
oddiy askar Suvonov Giyosiddin Nadmidinovich, 2000 yilda tug‘ilgan, Tursunzodada yashagan.
«Aziya-plyus» saytiga halok bo‘lganlar haqida Tojikiston huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qilgan.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi shunday xabar tarqatdi:
«2019 yil 16 sentyabr kuni soat 18:45da Qirg‘iziston tomoni So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumani, Ovchi-Kalach qishloq jamoasining «Bahor» mahallasidagi sport maydonchasi hududida noma’lum inshootni qurishga kirishgan. «Bahor» mahallasi aholisi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining ushbu noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi chiqishdi va qurilish ishlarini to‘xtatishni talab qilishdi.
Qirg‘iz tomoni bahsli hududlarda chegaralar delimitatsiyasini belgilovchi ikki tomonlama kelishuvlarga zid ravishda harakat qildi hamda voqea joyiga 250-300 kishidan iborat qo‘shimcha harbiy kuchlarni safarbar etdi. Shundan so‘ng, ular provokatsion harakatlarni keltirib chiqarib, soat 19:00da «Bahor» mahallasining qurolsiz fuqarolariga qarata o‘q uzishdi, natijada Tojikiston Respublikasining bir necha fuqarosi yaralandi». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi