3 061
Ashxabod markaziy ko‘chalarida ayollar boshqaruvidagi avtomobillar harakatlanishi man etilmoqda
Foto: Trend
Ashxabodda sentyabr oyi boshidan markaziy ko‘chalarda ayollar boshqaruvidagi avtomobillar harakatlanishiga taqiq joriy etildi.
Rasman yangi qoidalar haqida ma’lum qilinmagan, biroq taqiq mavjudligini Ashxabod yo‘l politsiyasi xodimlari tasdiqlamoqda.
Mashina haydayotgan ayollar markaziy magistral — Prezident saroyi va Olimpiya shaharchasi markaziy binosi joylashgan Turkmanboshi shohko‘chasida ommaviy to‘xtatilmoqda. Ularning haydovchilik guvohnomalari va avtomobillari tortib olinib, yo‘l harakati xavfsizligi idorasining markaziy ofisiga olib borilmoqda.
Ayrim holatlarda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari markaziy magistralda yurish mumkin emasligi haqida og‘zaki ogohlantirish bilan cheklanmoqda, ba’zan esa migalkalar bilan astoydil ta’qib qilib, qo‘shni ko‘chalarda ham ushlamoqda.
Mazkur taqiq 27 sentyabrda mamlakatda Mustaqillik kuni nishonlanishi bilan izohlanmoqda. Bayram arafasida Ashxabodning ayrim hududlarida yerto‘la, yarim yerto‘la va binolarning birinchi qavatida joylashgan do‘kon va firmalar ham yopilmoqda.
Rasmiylar avtomobil boshqarayotgan ayollar ta’qib qilinishi holatlari borasida sukut saqlamoqda. Yil boshida ularning haydovchilik guvohnomalari ham ommaviy tarzda olib qo‘yilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi