11:53 / 23.09.2019
5 848

Xitoyda masjidlarni portlatish boshlandi

Xitoyda masjidlarni portlatish boshlandi
Xitoy hukumati masjidlar va minoralarni buzishga kirishdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Xenan, Gansu, Ichki Moʻgʻuliston va Ninsya Xuey avtonom hududlarida binolar vayron qilingan. Xususan, “Xitoyning kichik Makkasi” deb nomlangan Linsya shahri yaqinidagi qishloqda gumbaz va minoralar portlatilgan. U yerda Xitoyning eng yirik musulmon aholisi hisoblangan xueyliklar yashaydi. Bundan tashqari, hokimiyat Yunnan shahridagi uchta masjidni yopib qoʻydi va mamlakat boʻylab arab yozuvidan foydalanishni taqiqladi.

Iyun oyida Xitoy rasmiylari xitoylik boshqa millat vakillari boʻlgan uygʻur musulmon mahbuslarini lagerlarda qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Xato shundaki, “taʼlim va oʻqitish markazlari” konsentratsion lagerlar deb taʼriflanadi, deya tushuntirishgan edi oʻsha paytda tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Chjan Xanxue.

2018-yil avgust oyida BMTning Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati (Sharqiy Turkiston)dagi yopiq lagerlarda kamida bir million etnik ozchilik vakillari ushlab turilgani va ular goʻyoki qayta oʻqitilgani haqida xabar tarqatgan edi. Odamlarga inqilobiy qoʻshiqlarni kuylashga, dvlat rahbari Si Szinpinning gʻoyalarini oʻrganishga va oʻzlariga ona tili boʻlmagan Xitoy tilida gapirishga majbur qilishgan.

Rasmiy Pekin lagerlarning mavjudligini mintaqada terrorchilik harakatlarining oldini olish bilan bogʻlaydi. Shu bilan birga qayta tarbiyalashdan oʻtganlar, lagerlardagi odamlar qiynoqlarga solinayotgani haqida aytib kelishadi.

Manba: tarjumon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda masjidlarni portlatish boshlandi