22:53 / 16.10.2019
2 951

Ukraina Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tarqatib yuborishni talab qildi

Ukraina Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tarqatib yuborishni talab qildi
Foto: «RIA Novosti»
Kiyev Minsk kelishuvlarining siyosiy qismini Donetsk va Lugansk xalq respublikalari tarqatib yuborilganidan so‘ng bajarishga tayyor. Bu haqda Donbass bo‘yicha muloqot guruhida Ukraina tomonidan vakil bo‘lgan Leonid Kuchmaning matbuot kotibi Darya Olifer ma’lum qildi, deya xabar beradi Xabar nashri «RIA Novosti»ga tayanib.

Uning aytishicha, kelishuvning siyosiy qismini bajarish uchun o‘t ochish to‘liq to‘xtatilishi, Ukrainaning butun hududi bo‘ylab OBSE monitoringi ta’minlanishi, qurolli tuzilmalar, xorij qo‘shinlari va harbiy texnikasi olib chiqilishi, tutashuv chizig‘idan kuch va vositalar uzoqlashtirilishi lozim.

Kiyev Donbassning o‘z nazorati ostida bo‘lmagan hududlarida Ukraina Markaziy saylov komissiyasi, siyosiy partiyalari, OAVlari va chet ellik kuzatuvchilar faoliyat ko‘rsatishini talab qilmoqda.

«Shuningdek, Kiyev Rossiya—Ukraina chegarasini nazorat qilishi kerak», — deya ta’kidladi Olifer.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tarqatib yuborishni talab qildi