3 240
Bryus Lining qizi shikoyat qilganidan so‘ng Xitoyda "Bir kuni Hollivudda" filmi namoyishi qoldirildi
Bir kuni Hollivudda filmidan kadr Foto: Disney
Bryus Lining qizi shikoyat qilgani sababli Xitoyda rejissyor Kventin Tarantinoning "Bir kuni Hollivudda" filmi namoyishi to‘xtatib qo‘yildi, deb xabar berdi The Hollywood Reporter'ga tayanib Kun.uz nashri.
Nashrning yozishicha, Shennon Li Xitoy kino ishlari boshqarmasiga filmdagi otasi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan. Uning fikricha, rejissyor Bryus Lini "o‘ta takabbur" qilib ko‘rsatgan.
Leonardo Di Kaprio, Bred Pitt va Margo Robbi ishtirokidagi film 25 oktyabrdan Xitoy kinoteatrlarida namoyish etilishi kerak edi. Ammo film namoyishi noma’lum muddatga qoldirildi.
Film Xitoyda 50 million dollar ishlashi va umumiy daromad 400 milliondan oshishi kutilayotgan edi ("Bir kuni Hollivudda" filmi avgust oyidan buyon 366 million dollar ishlagan). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi