
Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo mamlakatlar orasidagi o‘zaro savdoda Qozog‘iston eng ko‘p yutqazmoqda. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida qo‘shni respublika YeOIIning boshqa a’zolariga 4 mlrd $lik mahsulot eksport qilgan, ulardan esa deyarli 9.3 mlrd $lik tovar va xizmatlar import qilgan. Tashqi savdo manfiy saldosi 5.3 mlrd %ga teng.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu daraja qolgan davlarnikidan ancha past hisoblanadi.
Belarusning tashqi savdo manfiy saldosi 4.7 mlrd $ (eksport 9.4 mlrd $, import - 14.1 mlrd $), Qirg‘izistonniki - 925 mln dollar (eksport - $391,6 mln $, import - 1.3 mlrd $), Armaniston - 513.6 mln. dollar (eksport - 465.4 mln %, import - 979 mln $).
Ittifoqqa a’zo mamlakatlardan faqat Rossiyaning savdo balansi ijobiy. Mazkur mamlakat hisobot davrida 11.2 mlrd. dollarlik ijobiy saldo ko‘rsatgan. Bunda eksport hajmi 24.4 mlrd. $ bo‘lsa, import 13.2 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
2019 yilning dastlabki 3 choragida YeOII a’zo mamalakatlar o‘rtasida jami tovar aylanmasi 38.6 mlrd $ni tashkil etib, u o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3%ga ko‘pdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar