
Foto: Videodan kadr
MMA’ning irlandiyalik jangchisi, UFC ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregorga Moskvadagi tadbirda butilka uloqtirildi. Bloger Narimon bu ishni nega qilganini tushuntirib berdi.
Hodisa Moskvada jurnalistlar ishtirokidagi rasmiy tadbirda yuz berdi. Blogerlar bilan uchrashuv paytida Konorga butilka uloqtirildi, ammo u nishonga tegmadi.
Makgregorga butilka otgan Narimon o‘zining «instagram»dagi sahifasida jangchi bilan muloqot matnini e’lon qildi.
- Konor, kecha dog‘istonliklar haqida nima deganing esingdami?
- Ha, yodimda.
- Agar sen Habib va uning jamoasini yomon ko‘rsang, unda nima uchun butun Dog‘iston xalqi haqida bunday gapirasan?
- Buning sababini senga aytaman. Ular do‘konlarda mening yuzim tasvirlangan tovuqni sotishdi. Ular menga hurmatsizlik ko‘rsatishdi.
- Mening otam, akam - sen ularning barchasini qo‘rqoq, deb hisoblaysanmi?
- Ha, shunday deb o‘ylayman.
- Nega ular qo‘rqoq? (Butilka otiladi.) Otam yoki akam senga nima qilishdiki, sen ularni qo‘rqoq deb atayapsan?
- Jim bo‘l, tentak.
«U mantiqiy savolga faqat shunday javob qaytara oldi. Nega bunday bo‘lganini, nega matbuot anjumanining birinchi kunidan keyin men bu so‘zlar haqida shaxsan so‘rashni xohlaganimni tushunishingiz uchun o‘sha his-tuyg‘ularni so‘zlar bilan qanday yetkazishni bilmayapman!» - deb yozadi Narimon «instagram»dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Makgregor Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Dog‘iston vakillarini haqorat qilgandi. O‘z navbatida, ular bunga shunchaki qarab turishmadi hamda sobiq chempion to‘xtagan mehmonxona yonida yig‘ilishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar