Hech e’tibor qilganmisiz, har doim oshxonada piyoz to‘g‘rashni boshlasak, "ko‘z yosh to‘ka" boshlaymiz. Qiziq, nega bu sabzavot bizni bunchalik yig‘latar ekan a? Ushbu savolning javobiga Los.gov saytidan javob topdik.
Tadqiqotlarga ko‘ra, piyozning tarkibida sin-propanetial-S-oksidi mavjud bo‘lib, u ko‘zlarning lakrimal bezlariga ta’sir qiladi va natijada ko‘z yoshlariga sabab bo‘ladi. Bugungi kunga qadar, mutaxassislar ushbu holatga sabab qilib allinaza fermentini ko‘rsatishgan.
Biroq Yaponiyada olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, piyozning tarkibida ilgari noma’lum bo‘lgan lakromatik-faktorli sintetik modda borligi aniqlangan.
Ushbu jarayon quyidagicha davom etadi:
- Biz piyozni to‘g‘raganimizda lakromatik-faktorli sintetik moddasi havoga chiqariladi.
- Sintetik modda piyozning aminokislotalar sulfoksidlarini sulfat kislotasiga aylantiradi.
- Beqaror bo‘lgan sulfat kislotasi o‘zini sin-propanetial-S-oksidga aylantiradi.
- Sin-propanetial-S-oksidi havoga gaz shaklida chiqadi hamda ko‘zimizga ta’sir qila boshlaydi. So‘ngra lakrimal bezlar achishadi va biz "duv-duv ko‘z yosh to‘ka" boshlaymiz, “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?