
Ona tabiatimiz mehribon! Uning beradigan nozu ne’matlari insonni juda ham hayratga solib qo‘yadi goho. Bu maqolamiz orqali siz mushtariylarimizga dunyo ajoyibotlaridan biri bo‘lgan yer yuzidagi eng ulkan oshqovoq bilan tanishtirmoqchimiz.

Zaminimizdagi eng og‘ir va ulkan oshqovoq bu Atlantika Gigant oshqovog‘i deb tan olingan. Ushbu Atlantika Giganti 1904 yildan 1976 yilgacha bo‘lgan davrdagi jahon rekordchisi Mammot qovog‘ining avlodidir. Dunyodagi eng ulkan meva nominatsiyasini hanuzgacha qovoq polvon o‘zida ushlab kelmoqda.

2014 yilga kelib Atlantika Gigant oshqovog‘ining o‘rnini 2323,7 funt (1 054,0 kg) teng bo‘lgan oshqovoq egalladi. Bu ulkan qovoqni Beni Meiyer ismli botanik yetishtirgan bo‘lib, u uch hafta ichida bundan oldingi uchta dunyo rekordini ortda qoldirib ketdi. Aynan Benining semiz oshqovog‘i bugungi kunda dunyo rekordlari ichida yetakchi o‘rinda turibdi. Bundan oldingi qovoq yetishtirish bo‘yicha rekordchilar Tim Mathison va Morgan Hill bo‘lib, ulardan Tim Mathison o‘z rekordini ikki marta yangilagan.
OshqovoqAtlantika GigantDunyodagi Eng UlkanRekordchi OshqovoqBotanika IlmiTabiat Ajoyibotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar