
Foto: «Amurinfo»
Rossiyaning Blagoveshensk shahridagi Amur qurilish va kommunal xo‘jalik kolleji o‘quvchisi otishma uyushtirdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida ro‘y bergani, talaba kech qolgani sababli auditoriyadan chiqarib yuborilganidan so‘ng o‘q uza boshlagani aytilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, talabaning tengdoshlari bilan o‘zaro kelishmovchiliklari bo‘lgan.
Otishma oqibatida talabaning o‘zi va kursdoshi halok bo‘ldi. Yana 3 kishi yaralangan.
Talaba otishma uyushtirgan qurol uning nomida ro‘yxatda bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar